Barcha yangiliklar
13-Katta Qozirobod saylov okrugi deputati Muxammedova Barno Farxodovna tomonidan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.
Gallery image 176935
Gallery image 176936
Gallery image 176937
Gallery image 176938
Gallery image 176939
Gallery image 176940
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
02 Iyul 2026
18:05

13-Katta Qozirobod saylov okrugi deputati Muxammedova Barno Farxodovna tomonidan xotin-qizlar muammolari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 13-Katta Qozirobod saylov okrugi deputati Muxammedova Barno Farxodovna tomonidan okrug hududida istiqomat qiluvchi xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish maqsadida joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida Chilonzor tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i To‘laganova Gulnara Ahmadjanovna bilan birgalikda hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy ahvoli, bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan muloqotlar o‘tkazilib, bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi. Aniqlangan muammolarni qonunchilik doirasida hal etish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.