Barcha yangiliklar
#Deputat_nazarati
Gallery image 176916
Gallery image 176917
Gallery image 176918
Gallery image 176919
Gallery image 176920
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
02 Iyul 2026
17:58

#Deputat_nazarati

Tuman Kengashi 8-Eski qalʼa okrugi deputati hududdagi "Osiyo market" savdo do‘konida bo‘lib, aholi isteʼmoli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi bo‘yicha nazorat tadbiri o‘tkazdi.

♻️Nazorat davomida ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning savdosi, narxlarning belgilangan tartibda shakllantirilishi, mahsulotlar zaxirasi va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

♻️ Shuningdek, savdo do‘koni mas’ullari bilan suhbat o‘tkazilib, aholini sifatli va arzon mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan iste’mol bozorida narxlar barqarorligini ta’minlash, zarur mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada saqlash hamda aholining manfaatlarini himoya qilish borasidagi nazorat ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.