Barcha yangiliklar
🤝 Ijtimoiy himoya va inson qadri – e’tibor markazida
Gallery image 176832
Gallery image 176833
Gallery image 176834
Gallery image 176835
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
25 Iyun 2026
00:00

🤝 Ijtimoiy himoya va inson qadri – e’tibor markazida

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh. To‘raqulova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lishdi.

Tashrif davomida markaz faoliyati yaqindan o‘rganilib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va imkoniyatlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holati bilan tanishildi. Shuningdek, xizmatlar sifati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda fuqarolarga yaratilgan sharoitlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

📌 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
✨ Har bir insonning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash – jamiyat taraqqiyotining muhim mezonidir.