Barcha yangiliklar
#Deputat faoilayati
Gallery image 176787
Gallery image 176788
Gallery image 176789
Gallery image 176790
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
10 Apr 2026
17:13

#Deputat faoilayati

🎓 Prezident tashabbusi amalda. "Kengash raisi va yoshlar uchrashuvi — samimiy muloqot va yangi imkoniyatlar".

Kuni kecha, 73-sonli umumta’lim maktabida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisining yoshlar bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. "Rahbar va yoshlar" formatidagi ushbu tadbir ochiq muloqot va yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ruhida o‘tdi.

Uchrashuv davomida:
🔹O‘quvchilarning ilm-fan, kasb-hunar va tillarni o‘rganishga qiziqishi hamda oliy ta’limga qamrovini oshirish masalalari ko‘rildi.
🔹 Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, kutubxona va sport to‘garaklarini yaxshilashga doir murojaatlari tinglandi.
🔹 Kengash raisi yoshlarga hayotiy tajribasi va imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berib, faollarga esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Yakunda muammolar yechimi bo‘yicha "yo‘l xaritasi" belgilandi. Iqtidorli yoshlarning g‘oya va tashabbuslari shahar Kengashi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi.