Barcha yangiliklar
Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Gallery image 176754
Gallery image 176755
Gallery image 176756
Gallery image 176757
Gallery image 176758
Gallery image 176759
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
02 Iyul 2026
17:09

Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

📍 “Qichqiriq” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Olmazor tumani hokimi Kudratilla Tulyaganov, Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengash raisi Shaxnoza Umarxodjayeva, tuman prokurori A. Axunov, tuman IIO FMB rahbari I. Hasanov hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida “Qichqiriq” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, infratuzilmani yaxshilash hamda aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Sayyor qabul yakunida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli hal etish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.