Barcha yangiliklar
#Deputat faoilayati
Gallery image 176721
Gallery image 176722
Gallery image 176723
Gallery image 176724
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
09 Apr 2026
17:01

#Deputat faoilayati

♻️ Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati K.Umarboyev tomonidan hududdagi #chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
🔹Chiqindi yig‘ish maxsus texnikalarining belgilangan jadvalga amal qilishi va aholi yashash joylarida chiqindilarning to‘planib qolmasligi;
🔹Chiqindi yig‘ish punktlarining sanitar holati, konteynerlarning yetarliligi va ularning yaroqlilik darajasi;
🔹Maxsus avtotransport korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan aholining mamnunligi hamda debitor qarzdorlikni kamaytirish choralari.

Monitoring davomida ayrim hududlarda chiqindi tashish grafiklarining buzilish holatlari aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish va maxsus texnikalar harakatini qat’iy nazoratga olish yuzasidan soha mutasaddilariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mas'ul mutaxassis I.Omonboyev