Barcha yangiliklar
PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
Gallery image 176713
Gallery image 176714
Gallery image 176715
Gallery image 176716
Gallery image 176717
Gallery image 176718
Gallery image 176719
Gallery image 176720
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
02 Iyul 2026
17:01

PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi

PQ-141-sonli qaror ijrosi: “Bogʻbon” MFYdagi maktabda oʻrganish ishlari olib borildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-141-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qaror doirasida “Bogʻbon” MFYdagi 13-sonli umumtaʼlim maktabida amalga oshirilishi rejalashtirilgan 220 oʻrinli qoʻshimcha bino hamda zamonaviy sport zali qurilishi jarayonlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.
Oʻrganish ishlarida:
Gʻ.Uzoqov—Tuman Kengashi kotibiyati mudiri;
O.Nosirov—Yoshlar maslahat guruhi aʼzosi;
S.Usmonov—“Madad” NTT mutaxassisi ishtirok etdilar.
Ishchi guruh tomonidan qurilish ishlarining borishi, loyiha sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan zarur tavsiyalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

#Kotibiyat #mudirining #ish #rejasi
#sessiya #oldi #o'rganish
#24_tavsiya


DEPUTATLAR_FAOLIYATI