Barcha yangiliklar
Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 176704
Gallery image 176705
Gallery image 176706
Gallery image 176707
Gallery image 176708
Gallery image 176709
Gallery image 176710
Gallery image 176711
Gallery image 176712
PIRMATOV NURILLO RAXIMJONOVICH
02 Iyul 2026
16:57

Yettinchi chaqiriq xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashining navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

🔴 Videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan sessiya ishida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, Oliy Majlis Senati a’zolari, shuningdek, kun tartibidagi masalalarga aloqador idoralar davlat hamda jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

🔵 Sessiya davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yer munosabatlarini tartibga solish, Prezident hujjatlari ijrosini ta’minlash, davlat mulkidan samarali foydalanish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish, turizm sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga oid qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✔️ Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.