Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Doimiy komissiyalar  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 20282
Gallery image 20283
Gallery image 20284
Gallery image 20285
Gallery image 20286
Gallery image 20287
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
05 Dek 2024
15:45

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  Unda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 3-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.

   Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “2024-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-7-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i J.Tursunovning hisoboti, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining jamoat xavfsizligi boʻyicha oʻrinbosari F.Xujaqulovning tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida va kun tartibidagi boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

    Yig‘ilish kun tartibidagi barcha masalalar komissiya a’zolari tomonidan muhokama etilib, fikr-mulohazalar bildirilgach, navbatdagi sessiyaga kiritish uchun tavsiya etildi.