Barcha yangiliklar
Mahalla “yettiligi” faoliyati tahlili o‘rganilmoqda…
Gallery image 20268
Gallery image 20269
Gallery image 20270
Gallery image 20271
Gallery image 20272
Gallery image 20273
Gallery image 20274
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
10 Dek 2024
14:00

Mahalla “yettiligi” faoliyati tahlili o‘rganilmoqda…

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati G.Xudoyberganova joylardagi mavjud muammolarni mahallabay, xonadonbay o‘rganish maqsadida tumanidagi “Orlot”, “Sohibkor” mahallalari faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida so‘nggi yillarda tizimni takomillashtirishga doir yuzga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilinib, mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va rolini oshirishga qaratilgan salmoqli ishlar qilingani qayd etildi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mahalla sohasida katta o‘zgarishlar bo‘layotgani, ayniqsa, mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat ta’sirchan tuzilma faoliyati yo‘lga qo‘yilgani bugun o‘z samarasini berayotganini ta’kidladi.

Uchrashuvlar chog‘ida deputat hududdagi bir qator ijtimoiy soha obyektlari, tadbirkorlik subyektlari va aholi xonadonlarida ham bo‘lib, fuqarolarni o‘ylantirib kelayotgan masalalarni o‘rgandi.

Hududdagi uchrashuvlar davom etmoqda.