Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 176468
Gallery image 176469
Gallery image 176470
Gallery image 176471
Gallery image 176472
Gallery image 176473
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Iyul 2026
16:30

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏗 Deputat Nazorati

👩💼 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida “Kattabog‘” mahallasi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishildi.

🏢✨ Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va shinam yangi 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini barpo etish rejalashtirilgan.

🔍 Tashrif davomida qurilish ishlari jarayoni batafsil ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, obyektda olib borilayotgan ishlarning sifati, qurilish sur’ati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.