Barcha yangiliklar
SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
Gallery image 176370
Gallery image 176371
Gallery image 176372
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
15:42

SAYYOR QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 8-Uzunqishloq saylov okrugidan saylangan deputati Odiljon Omonov tomonidan hudud aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

📋 Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib borilib, ularni qiynab kelayotgan muammo va takliflar atroflicha tinglandi. Aholi tomonidan asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordam masalalari hamda kommunal xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan murojaatlar bildirildi.