Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev  tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 176318
Gallery image 176319
Gallery image 176320
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
15:35

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 4-Istiqlol saylov okrugi deputati D.Tojiboyev tomonidan tumandagi “Istiqlol” mahallasi hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda ularning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

⭐️Uchrashuv davomida hokim yordamchisi bilan mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.