Barcha yangiliklar





VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
15:34
AHOLI MUROJAATI DEPUTAT E’TIBORIDA
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 11-Tergachi saylov okrugidan saylangan deputati Hoshimjon Turg‘unov tomonidan hudud aholisi bilan navbatdagi qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, ichki yo‘llar holati, yer munosabatlari hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi