Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva va bosh mutaxassisi H.Sharipov tomonidan “Hurriyat-1” mahallasida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi hamda unda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati o‘rganildi.
Gallery image 176278
Gallery image 176279
Gallery image 176280
Gallery image 176281
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
15:29

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Valiyeva va bosh mutaxassisi H.Sharipov tomonidan “Hurriyat-1” mahallasida faoliyat yuritayotgan tikuvchilik sexi hamda unda mehnat qilayotgan xotin-qizlarning ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida tikuvchilik sexida yaratilgan mehnat sharoitlari, xotin-qizlarning doimiy ish bilan ta’minlanganlik holati, ularning kasbiy ko‘nikmalarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishildi.

📋 Shuningdek, xotin-qizlarni bandlikka jalb etish, ularning daromad manbalarini kengaytirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Sex rahbariyati hamda ishchi-xodimlar bilan muloqot davomida mavjud muammolar, ehtiyojlar va takliflar muhokama etildi.