Barcha yangiliklar
Fuqaro murojaati qonunchilik talablari asosida o‘rganilmoqda
Gallery image 176224
Gallery image 176225
Gallery image 176226
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
15:14

Fuqaro murojaati qonunchilik talablari asosida o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi H. Sharipov tomonidan tuman Kengashi kotibiyatiga kelib tushgan fuqaroning yer maydonidan foydalanish huquqi bilan bog‘liq murojaati belgilangan tartibda atroflicha o‘rganilmoqda.

👨‍💼 O‘rganish jarayonida murojaatda bayon etilgan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar tahlil qilinib, yer maydonidan foydalanish huquqiga oid masalaning asl mohiyatini aniqlash maqsadida mas’ul tashkilotlar hamda mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Zaruratga ko‘ra murojaat muallifi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, qo‘shimcha ma’lumot va tushuntirishlar olindi.