Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 176171
Gallery image 176172
Gallery image 176173
Gallery image 176174
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
02 Iyul 2026
14:52

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

📌Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati N.Soatov, Oqoltin tumani Kengashi deputati N.Turdiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Kenjayevlar tomonidan tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

🔷Jumladan, 5-umumta’lim maktabida inklyuziv sinf tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning bugungi kun holati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida inklyuziv ta’lim uchun zarur bo‘lgan barcha jihozlar olib kelingani hamda ular maktab psixologi xonasiga joylashtirilgani ma’lum bo‘ldi.

🔷Shuningdek, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar bosqichma-bosqich davom etayotgani, inklyuziv ta’lim uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, zarur metodik va tashkiliy qo‘llab-quvvatlash ishlarini kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.