Barcha yangiliklar









VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
14:45
Uzunqishloq MFYda profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valiyeva tomonidan Uzunqishloq mahalla fuqarolar yig‘inida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorining ish faoliyati joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, profilaktik hisobda turuvchi shaxslar, notinch oilalar, voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan olib borilayotgan profilaktik tadbirlarning holati yuzasidan tegishli hujjatlar ko‘zdan kechirildi.