Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari xonadonma-xonadon o‘rganildi
Gallery image 176140
Gallery image 176141
Gallery image 176142
Gallery image 176143
Gallery image 176144
VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
14:44

Fuqarolar murojaatlari xonadonma-xonadon o‘rganildi

alq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati M. Sultonova hamda Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 7-Shirinbuloq saylov okrugidan saylangan deputati A. Dadajonov tomonidan hududlarda fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida xonadonma-xonadon yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi.

👨💼 O‘rganish davomida fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning turmush sharoiti, ijtimoiy ahvoli hamda kundalik hayotida uchrayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, ichimlik suvi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichki yo‘llar, bandlik, ijtimoiy nafaqalar, tibbiy xizmat, ta’lim, yer va kadastr, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.