Barcha yangiliklar











VALIYEVA DILFUZA SHUXRATOVNA
02 Iyul 2026
14:41
Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri D. Valieva hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi A. Dadajonov tomonidan Uzunqishloq mahallasida joylashgan 11-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta'lim-tarbiya jarayonining sifatli tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va ulardan foydalanish holati, oshxona hamda tibbiyot xonalarining faoliyati, yong‘in xavfsizligi va mehnat muhofazasi talablarining bajarilishi yuzasidan atroflicha ko‘zdan kechirildi.