Barcha yangiliklar
Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
Gallery image 176064
Gallery image 176065
Gallery image 176066
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
02 Iyul 2026
14:25

Qonun ijrosi deputatlik nazoratida

Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
O‘zbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi №O‘RQ-784-son Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Mirzabekov tomonidan o‘z saylov okrugida (G’allakon MFY) o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, suv tizimlarining holati hamda qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan tahlil o‘tkazildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan monitoring ishlari izchil davom ettiriladi.