Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati tomonidan obodonlashtirish ishlari tashkil etildi
Gallery image 175948
Gallery image 175949
Gallery image 175950
Gallery image 175951
Gallery image 175952
Gallery image 175953
Gallery image 175954
Gallery image 175955
Gallery image 175956
Gallery image 175957
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
02 Iyul 2026
12:41

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati tomonidan obodonlashtirish ishlari tashkil etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati tomonidan obodonlashtirish ishlari tashkil etildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Xudayqulova Nargiza Gaybullaevna tomonidan “Humo” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.

Mazkur tashabbus doirasida mahalla hududida tozalikni ta’minlash, ko‘cha va yo‘laklarni obodonlashtirish, yashil hududlarni tartibga keltirish hamda atrof-muhitni yanada ko‘rkam holatga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, mahalla faollari va hudud aholisi ishtirokida chiqindilarni yig‘ish, daraxt va ko‘chatlar atrofini tozalash hamda jamoat joylarida sanitariya holatini yaxshilash ishlari tashkil etildi.

Deputat tomonidan aholi o‘rtasida tozalik va obodonlashtirish madaniyatini oshirish, hududni doimiy ravishda toza va ozoda saqlash bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borildi.

Mazkur tadbirlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarni obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay va sog‘lom yashash muhitini yaratishga xizmat qiladi.