Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati
Gallery image 175943
Gallery image 175944
Gallery image 175945
Gallery image 175946
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
29 Iyun 2026
12:35

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 22-Demun saylov okrugidan saylangan deputat G.Jabborova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar hamkorligida “Sho‘robod” mahallasida saylovchilar murojaatlari asosida o‘rganish olib borildi.
⚡️O‘rganish davomida mahalla aholisi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun zamonaviy sport inshooti barpo etish maqsadida qishloq xo‘jaligi toifasiga kirmaydigan bo‘sh yer maydonini tanlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi. Shuningdek, mazkur loyihani davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.
⚡️O‘rganish yakunida tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda sport inshooti qurilishi bo‘yicha tashkiliy masalalarni belgilangan tartibda amalga oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Mazkur tashabbus mahalla yoshlari va aholining sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.