Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Gallery image 175940
Gallery image 175941
Gallery image 175942
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
02 Iyul 2026
12:35

Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi

Doimiy komissiya tomonidan tashkilot faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi M. Muqimova, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi G. Rahmatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D. Qanoatov ekspertlar bilan birgalikda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur o‘rganish Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan "Tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida"gi masalani sifatli ko‘rib chiqish maqsadida tashkil etildi.

Aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar doimiy komissiya xulosalarida inobatga olinadi hamda sessiya muhokamasiga kiritiladi.