Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi
Gallery image 175865
Gallery image 175866
Gallery image 175867
ASTANOVA MUBORAK SHERKULEVNA
02 Iyul 2026
11:57

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Bunyodkor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida fuqarolar bilan ishlash samaradorligi, murojaatlar bilan ishlash holati, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, shuningdek, mahallada olib borilayotgan obodonlashtirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla raisi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga amaliy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati ham o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur o‘rganishlar mahallalarda boshqaruv samaradorligini oshirish, aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.