Barcha yangiliklar
#Natija    #Deputat_nazorati
Gallery image 175859
Gallery image 175860
Gallery image 175861
Gallery image 175862
Gallery image 175863
Gallery image 175864
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
02 Iyul 2026
11:56

#Natija #Deputat_nazorati



✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Radjapova hamda kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tomonidan joriy yilning 25-iyun kuni "Eshonguzar" mahallasida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida aholini qiynayotgan muammolar o‘rganilib, fuqarolarning fikr va takliflari tinglangan edi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilangan, shuningdek, fuqarolarga tozalikni saqlash va ekologik madaniyatga rioya etish bo‘yicha tavsiya hamda tushuntirishlar berilgan edi.

✅ Bugungi kunda belgilangan vazifalar ijrosi ta'minlanib, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari, liftlar ichki qismi hamda yerto‘lalarda tozalash ishlari amalga oshirildi. Natijada aholini qiynab kelgan muammolar bartaraf etilib, hududning sanitariya holati sezilarli darajada yaxshilandi.