Barcha yangiliklar
50 yildan ortiq birga yashagan oilalar e’zozlandi
Gallery image 175759
Gallery image 175760
Gallery image 175761
Gallery image 175762
Gallery image 175763
Gallery image 175764
Gallery image 175765
Gallery image 175766
Gallery image 175767
Gallery image 175768
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
02 Iyul 2026
11:02

50 yildan ortiq birga yashagan oilalar e’zozlandi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

👵50 yildan ortiq birga yashagan oilalar e’zozlandi

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad!" shiori ostida Toshkent shahrida "Qo‘sha qarish saodati" deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🫥Tadbirda poytaxtning barcha tumanlaridan 50 yildan ortiq ahil va baxtli hayot kechirayotgan namunali oilalar, mehnat faxriylari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🇺🇿Umr yo‘ldoshiga sadoqat, oilaviy qadriyatlar va farzand tarbiyasida o‘rnak bo‘lib kelayotgan juftliklarga Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov tomonidan Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda Toshkent shahar hokimligi nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

➡️Shuningdek, tadbir doirasida nuroniylar va yoshlar ishtirokida samimiy muloqotlar o‘tkazildi, san’atkorlar ishtirokida bayram konsert dasturi namoyish etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash