Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Gallery image 175679
Gallery image 175680
Gallery image 175681
Gallery image 175682
SAMANDAROVA NOILA BOXODIROVNA
14 May 2026
09:33

Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🟦 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishda kotibiyat mudiri, bosh mutaxassis, tuman xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor hamda Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi va a’zolari ishtirok etdi.

📋 Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasining PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan muhokamalar olib borildi.

⚖️ Unda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, xotin-qizlar jinoyatchiligi, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalari muhokama qilindi.

🗣 Mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Yig‘ilish yakunida tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.