Barcha yangiliklar
Deputatlik nazorati: Qurilish va ta’mirlash ishlari e’tiborda
Gallery image 175619
Gallery image 175620
Gallery image 175621
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
30 Iyun 2026
08:49

Deputatlik nazorati: Qurilish va ta’mirlash ishlari e’tiborda

Deputatlar "ARS BRIDGE CONCRETE" MCHJ tomonidan qayta ta’mirlangan, yuqori yuk ko‘tarish quvvatiga mo‘ljallangan yangi ko‘prikni ko‘zdan kechirdilar.

Ushbu ko‘prik tumandagi ikki yirik hudud — “Farovon” hamda “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarini o‘zaro bog‘lab, aholining uzog‘ini yaqin qilmoqda.
Piyodalarning xavfsiz va qulay harakatlanishi uchun ko‘prik chetida maxsus piyodalar yo‘lagi ham qurib bitkazilgan.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — hududlarda qurilayotgan har bir obektning sifatli va xalqqa uzoq yillar xizmat qiladigan darajada topshirilishini ta’minlash.