Barcha yangiliklar
Yosh voleybolchilar munosib taqdirlandi
Gallery image 175588
Gallery image 175589
Gallery image 175590
Gallery image 175591
Gallery image 175592
Gallery image 175593
SAMANDAROVA NOILA BOXODIROVNA
07 May 2026
08:21

Yosh voleybolchilar munosib taqdirlandi

🏐 Yosh voleybolchilar munosib taqdirlandi

🔹 Sportning voleybol turi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan U-13 Samarqand viloyat chempionatida Oqdaryo tumani jamoasi munosib ishtirok etib, faxrli II o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🔹 Yosh sportchilarni tantanali taqdirlash marosimida tuman hokimi o‘rinbosari B.Isaxonov, tuman IIB mas’ul xodimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri D.Adilova hamda tuman sport maktabi rahbariyati ishtirok etdi.

🔹 Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda yoshlar sportini rivojlantirish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

🔹 Jumladan, Prezidentimiz tashabbuslari va qarorlari asosida yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratilayotgani, sport maktablari faoliyati qo‘llab-quvvatlanayotgani hamda iqtidorli sportchilarni rag‘batlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

🔹 Shuningdek, sport — yoshlarni vatanparvarlik, intizom va qat’iyat ruhida tarbiyalovchi muhim yo‘nalish ekani, erishilgan yutuqlar esa kelgusida yanada katta marralarni zabt etish uchun mustahkam motivatsiya bo‘lishi ta’kidlandi.

🔹 Tadbir yakunida musobaqada yuqori natija qayd etgan yosh sportchilar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning kelgusidagi sport faoliyatiga omad va ulkan zafarlar tilandi.

📌 Oqdaryo yoshlari sport maydonlarida yangi yutuqlar sari intilmoqda.