Barcha yangiliklar
⚡️ Deputat so‘rovi ijrosi amalda: O‘zbekobod mahallasida dastlabki ishlar boshlandi
Gallery image 175583
Gallery image 175584
Gallery image 175585
Gallery image 175586
Gallery image 175587
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
23 Iyun 2026
00:00

⚡️ Deputat so‘rovi ijrosi amalda: O‘zbekobod mahallasida dastlabki ishlar boshlandi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh. To‘raqulova tomonidan 2026-yil 15-iyunda kiritilgan 48-ds-427-26-sonli deputat so‘rovi asosida O‘zbekobod mahallasida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan dastlabki amaliy ishlar boshlandi.

Mazkur murojaat ijrosini ta’minlash maqsadida Zafar tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan hududdagi mavjud holat o‘rganilib, aholini sifatli va barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🔹 Deputat so‘rovlari — aholi muammolarini hal etishning muhim vositasi.
🔹 Boshlangan ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolar uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.

✅ Muammolar yechimi yo‘lida hamkorlik va amaliy sa’y-harakatlar davom etmoqda.