Barcha yangiliklar
Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
Gallery image 175576
Gallery image 175577
Gallery image 175578
Gallery image 175579
Gallery image 175580
Gallery image 175581
SAMANDAROVA NOILA BOXODIROVNA
02 Iyul 2026
08:17

Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Nikohlanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

🔹 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi kotibiyati mudiri D.Adilova, bosh mutaxassis F.Malikova hamda “Adolat” SDP Oqdaryo tuman Kengashi raisi A.Rahimovlar ishtirokida tuman FHDYO (ZAGS) bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔹 O‘rganish davomida nikohlanuvchi yoshlar uchun tashkil etilayotgan dars mashg‘ulotlari, oilaviy hayotga tayyorlash jarayonlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Shuningdek, FHDYO bo‘limining umumiy faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va murojaatlar bilan ishlash tizimi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot o‘tkazildi.

🔹 Mutasaddilar tomonidan yoshlarni mustahkam oila qurishga tayyorlash, oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish ishlari davom etmoqda.