Barcha yangiliklar









ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
07 Dek 2024
11:02
Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati
Bandixon tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati O.Jumayev va ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchilari A.Nurmuxammedov, S.Mo'minova, Z.Ko'chkinovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlar va yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy davlatda adolatni ta’minlashning ahamiyatiga oid ma’ruza qilindi.
Tadbirda o'quvchilar Konstitutsiyaga kiritilgan yangi normalar, moddalar bo‘yicha savollariga javoblar olishdi.