Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 175526
Gallery image 175527
Gallery image 175528
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
01 Iyul 2026
21:00

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, deputat O. Isanov S.Ayniy mahallasida saylovchilar va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Jumladan, saylovchilar tomonidan S.Ayniy mahallasida joylashgan 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining Do‘ng ovul filialida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bugungi kunga qadar yakuniga yetkazilmagani hamda Sarmayon-2, Navbahor-2 va Muzofat ko‘chalarida elektr ta’minotini yaxshilash masalalari ko‘tarildi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar ishtirokida tegishli choralar ko‘rish, ularning ijrosini nazoratga olish hamda muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olinishi va ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.