Barcha yangiliklar
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
Gallery image 175461
Gallery image 175462
Gallery image 175463
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
01 Iyul 2026
19:48

NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI

Deputat tomonidan Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali Qumqo‘rg‘on tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanda elektr energiyasi ta’minoti, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish borasida va “Qumqo‘rg‘ontumangaz” filiali boshlig‘ining tumanda tabiiy gaz ta’minoti va chekka hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha “Neftchilar” mahallasi faollari va ko‘chaboshilari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Deputat mahalla faollari va ko‘chaboshilari bilan suhbatlashish jarayonida hamda o‘rganish va tahlil natijalarida aniqlangan holatlar, muammolar yuzasidan xulosalarini Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilish belgilandi.