Barcha yangiliklar
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar o'rganildi.
Gallery image 175372
Gallery image 175373
Gallery image 175374
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
18 Iyun 2026
18:42

Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilgan ishlar o'rganildi.

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zXDP partiyasidan 2-Hamza saylov okrugiga saylangan deputat Asqar Baxramov tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq Hamza mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy xodim N.Quramatova tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlarining amaldagi tartiblar asosida tashkil etilishi holati tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.