Barcha yangiliklar
Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi
Gallery image 175363
Gallery image 175364
Gallery image 175365
Gallery image 175367
Gallery image 175369
Gallery image 175371
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
17 Iyun 2026
18:40

Mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlis davomida Chinoz tumani "Hamza" va Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yig‘inlarida xavfsiz muhitni shakllantirish, jinoyatchilikni aniqlash hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilgan o‘rganishlar natijalari ko‘rib chiqildi.

Majlisni doimiy komissiya raisi S.Axmedova olib bordi.

Majlisda doimiy komissiya a'zosi, tuman hokimi Sh.Salixov ham ishtirok etib, mahallalarda jinoyatchilikning oldini olish, “mahalla yettiligi” hamkorligini yanada mustahkamlash hamda mas’uliyatni oshirish yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.

Muhokamalar jarayonida “Adolat” SDP deputatlik guruhi rahbari, deputat A.Aliyev, komissiya a’zolari F. Ibragimov va M. Mirsodiqov faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar.

Majlis yakunida mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.