Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 175210
Gallery image 175211
Gallery image 175212
Gallery image 175213
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
01 Iyul 2026
17:36

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati, Kengashi raisi, A. Turdiyev hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu. Hakimovlar tomonidan "Hayrandara" mahallasiga tashrif buyurilib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynab kelayotgan masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Aniqlangan muammolar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlarga deputatlik nazorati asosida tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalarni joyida hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar esa nazoratga olindi.

Hududlarda aholi bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini ta'minlash bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

✍️ Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube