Barcha yangiliklar
Xalq vakillari – deputatlar ham saylovchilarga xizmat qilish, ularni rozi qilish asosiy vazifa ekanligini chuqur anglagan holda “Sayyor qabul”lar o‘tkazib, aholi muammolariga yechim topishga harakat qilmoqdalar.
Gallery image 20098
Gallery image 20099
Gallery image 20100
Gallery image 20101
Gallery image 20102
Gallery image 20103
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
06 Dek 2024
10:24

Xalq vakillari – deputatlar ham saylovchilarga xizmat qilish, ularni rozi qilish asosiy vazifa ekanligini chuqur anglagan holda “Sayyor qabul”lar o‘tkazib, aholi muammolariga yechim topishga harakat qilmoqdalar.

Xalq vakillari – deputatlar ham saylovchilarga xizmat qilish, ularni rozi qilish asosiy vazifa ekanligini chuqur anglagan holda “Sayyor qabul”lar o‘tkazib, aholi muammolariga yechim topishga harakat qilmoqdalar.

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari G.Abramatova, D.Normuradova hamda A.Ashurovlar shaharning “Jayhun” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushrashuv davomida deputatlar tomonidan bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan, saylovchilarga ma'lumotlar berildi.

O‘z navbatida fuqarolar murojaatlari hamda o‘zlari yashab kelayotgan mahallani obodonlashtirish borasida takliflari eshitildi. Fuqarolar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olinib, yozma murojaatlar deputatlik so‘rovlari orqali tegishli tashkilotlarga yuborilishi ta'kidlandi.