Barcha yangiliklar
#19_1_modda #tavsiyalar #budjet_mablag‘lari #doimiy_komissiya
Gallery image 175186
Gallery image 175187
Gallery image 175188
Gallery image 175189
Gallery image 175192
Gallery image 175194
Gallery image 175196
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
01 Iyul 2026
17:06

#19_1_modda #tavsiyalar #budjet_mablag‘lari #doimiy_komissiya

#19_1_modda
#tavsiyalar
#budjet_mablag‘lari
#doimiy_komissiya


Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda kotibiyat mutaxassisi Z. Temirova tomonidan Kogon shahridagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida barpo etilayotgan yangi o‘quv binosi va amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, bajarilayotgan ishlarning belgilangan standart va texnik talablarga mosligi hamda qurilish jarayonining belgilangan muddatlarda olib borilishi atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan ishlar ko‘lami ko‘zdan kechirilib, qurilishning har bir bosqichida sifat ustuvor mezon bo‘lishi, budjet mablag‘larining har bir so‘mi maqsadli va oqilona sarflanishi hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Ta’lim infratuzilmasini rivojlantirish, davlat budjeti mablag‘laridan samarali foydalanish va qurilish ishlari sifati ustidan jamoatchilik hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish ustuvor vazifalardan biri ekani ta’kidlandi. Mazkur obyektda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan monitoring va nazorat tadbirlari izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash