Barcha yangiliklar
Deputat so‘rovi yuborildi
Gallery image 175176
Gallery image 175177
OLIMJONOV OMADBEK ABRORJON O‘G‘LI
01 Iyul 2026
17:02

Deputat so‘rovi yuborildi

Andijon shahridagi "Sadoqat" MFY hududida aholi murojaatlari va infratuzilmadagi muammolar o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida M. Ashrafiy ko‘chasidagi 2 ta hamda Lutfiy ko‘chasidagi 1 ta beton elektr tayanchi noqulay joylashgani sababli transport harakati va hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga to‘sqinlik qilayotgani aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mas'ul tashkilotlarga beton elektr tayanchlarini belgilangan tartibda boshqa joyga ko‘chirish yuzasidan deputat so‘rovi yuborilib, ko‘rilgan choralar haqida belgilangan muddatda yozma axborot taqdim etish so‘raldi.

Muammoning ijrosi deputatlik nazoratida.