Barcha yangiliklar
Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi
Gallery image 175146
Gallery image 175147
Gallery image 175148
Gallery image 175149
Gallery image 175150
Gallery image 175151
Gallery image 175152
Gallery image 175153
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
01 Iyul 2026
16:45

Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi

Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi

🎉 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tomonidan “Yoshlar – milliy tiklanish va taraqqiyot tayanchi” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati Dilorom Ahmedova, faol yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

📎 Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔖 Deputat D.Axmedova o‘z nutqida yoshlarning Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishi Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladi. Shuningdek, tadbir davomida jamoatchilik ishlarida tashabbus ko‘rsatish hamda ko‘ngillilik faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh yoshlar munosib e’tirof etilib, ularga partiyaning tashakkurnomalari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🗣Mazkur bayram tadbiri yoshlarni ezgu maqsadlar sari ruhlantirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.