Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.
Gallery image 175076
Gallery image 175077
Gallery image 175078
Gallery image 175079
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
01 Iyul 2026
16:12

Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi kotibiyati hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida fuqarolarining murojaatlarini ko‘rib chiqdi.

Tegishli tashkilotlar bilan Buyuk ipak yo‘li mahallasi fuqarolarining bildirilgan murojaatlari, taklif va muammolari atroflicha o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Mutaxassislar tomonidan fuqarolarga ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni rasmiylashtirish tartibi hamda amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil huquqiy maslahatlar berildi.

Bunday hamkorlikdagi qabullar aholining huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga qonuniy va amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.