Barcha yangiliklar
Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Gallery image 175033
Gallery image 175034
Gallery image 175035
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
01 Iyul 2026
15:57

Shuningdek, deputat A.Mahkamov mahalla hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamrohligida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hududdagi ichki ko‘chalarning holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi, shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganishlar jarayonida mahalla faollari tomonidan mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Deputat ushbu masalalar bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishini, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga vazifalar belgilanishini hamda ko‘tarilgan masalalarning ijrosi deputatlik nazorati ostida bo‘lishini ta’kidladi.