Barcha yangiliklar









AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
01 Iyul 2026
15:55
O‘rganish ishlari hududga chiqqan holda davom ettirildi. Deputat A.Mahkamov Ipak yo‘li mahallasi Ipak yo‘li ko‘chasi, 162-uyda istiqomat qiluvchi tadbirkor G.Boltaboyeva faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot davomida tadbirkor o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida tikuv uskunalarini xarid qilish uchun 50 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishida amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan joyida o‘rganilib, Deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi. Shuningdek, masala yuzasidan mahalla hokim yordamchisi bilan joyning o‘zida muhokama o‘tkazilib, tadbirkorga amaldagi dasturlar doirasida zarur ko‘mak ko‘rsatish, kredit ajratish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi. Murojaatning ijrosi deputatlik nazoratiga olinib, uning ijobiy hal etilishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.