Barcha yangiliklar
IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI
Gallery image 174749
Gallery image 174750
Gallery image 174751
Gallery image 174752
Gallery image 174753
Gallery image 174754
TO‘XTASINOV MUZAFFARJON MUXTORJON O‘G‘LI
01 Iyul 2026
11:59

IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

 IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ OILALARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi kotibiyati mudiri R.Nodirov, tuman
Kengashi deputati O.Tillayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassisi M.To‘xtasinov
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026- yil 5-fevraldagi PQ
- 49-son qarori ijrosi doirasida Toshkent mahalla fuqarolar yig‘inida
amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.


O‘rganish jarayonida “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan hamda
tarkibida I guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro istiqomat qilayotgan xonadonda “FOUR
PILLARS” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash
ishlarining borishi va sifatiga e’tibor qaratildi.


Xususan, ta’mirlash ishlarining belgilangan loyiha asosida olib borilayotgani,
qurilish materiallarining sifati, bajarilayotgan ishlarning me’yoriy talablarga
muvofiqligi hamda obyektning tayyorgarlik darajasi atroflicha o‘rganildi.


Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, qurilish-ta’mirlash ishlarini
yuqori sifat va amaldagi qurilish me’yorlariga qat’iy rioya etgan holda
yakunlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.


Aniqlangan kamchiliklar esa deputat tomonidan “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga qayd etildi va bartaraf etish masalalari nazoratga olindi.