Barcha yangiliklar
Polmon MFYda o'rganish
Gallery image 174718
Gallery image 174719
Gallery image 174720
Gallery image 174721
PRIMOV SARVARBEK SOBIROVICH
01 Iyul 2026
11:50

Polmon MFYda o'rganish

Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati mudiri L.Mamadiyorov, bosh mutaxassis A.Sa’dullayev hamda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi va Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Ishchi guruh tumandagi “Polmon” MFY hududida bo‘lib, qarovsiz yotgan chiqindilarni tartibga keltirish va atrof-muhitni muhofaza qilish holatini joyida o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni tez fursatlarda bartaraf etish, hududda sanitariya va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga zaruriy ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.