Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 174680
Gallery image 174681
Gallery image 174682
Gallery image 174683
Gallery image 174684
Gallery image 174685
Gallery image 174686
Gallery image 174687
Gallery image 174688
Gallery image 174689
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
25 Iyun 2026
11:19

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 25-iyun kuni Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishini Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi raisi Anvar Aralov olib bordi.
Sessiyada deputatlar, tuman hokimligi mas’ullari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Sessiya davomida tumanda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va eksport salohiyatini oshirish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ–468-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini tashkil etish, aholi muammolarini bartaraf etishga mablag‘ ajratish, “Shodlik” MFY Nihol massivida yangi umumta’lim maktabini tashkil etish, tuman saylov komissiyasi tarkibiga o‘zgartirish kiritish hamda “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni barpo etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.