Barcha yangiliklar
Murojaatlar asosida mahalladagi  bolalar o‘yingohi holati joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.
Gallery image 174656
Gallery image 174658
Gallery image 174661
Gallery image 174663
Gallery image 174665
Gallery image 174667
Gallery image 174668
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
01 Iyul 2026
11:16

Murojaatlar asosida mahalladagi bolalar o‘yingohi holati joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.

⛹️‍♂️🏃‍♀️Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan Chorx Kamolon-2 mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida mahalladagi 3 va 4-sonli ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan bolalar o‘yingohi holati joyiga chiqib batafsil o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida mazkur hududdagi bolalar o‘yingohi uzoq yillardan buyon mukammal ta'mirlanmagani, o‘yin jihozlarining eskirib, texnik va sanitariya talablariga javob bermasligi, ayrim qurilmalar foydalanish uchun xavf tug‘dirishi aniqlandi. Shuningdek boshqa infratuzilma elementlari ham jiddiy ta'mirtalab holatga kelgani sababli, sport bilan shug‘ullanish uchun yetarli sharoit mavjud emasligi ma'lum bo‘ldi.

Hududda istiqomat qiluvchi aholi, ayniqsa bolalar va yoshlar uchun xavfsiz, zamonaviy hamda qulay dam olish va sport infratuzilmasini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Shu bois mazkur muammoni ijobiy hal etish maqsadida bolalar o‘yingohi va futbol maydonini rekonstruksiya qilish, zamonaviy talablar asosida ta'mirlash hamda obodonlashtirish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Mazkur masala deputat tomonidan alohida nazoratga olindi. Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalaning ijobiy yechim topishi deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.