Barcha yangiliklar
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
Gallery image 174636
Gallery image 174637
Gallery image 174638
Gallery image 174639
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
01 Iyul 2026
11:05

Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati E.Abdullayev tomonidan Nurobod mahallasida amalga oshirilayotgan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Tashrif davomida deputat qurilish ishlarining sifati, asfalt yotqizish jarayonining belgilangan me’yor va talablarga muvofiqligi hamda ishlarning o‘z vaqtida yakunlanishi yuzasidan mas’ullar va yo‘lsozlar bilan muloqot qildi. ‘rganish jarayonida yo‘lsozlar ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash maqsadida kunu tun mehnat
qilayotgani qayd etildi. Xususan, qurilish ishlari kechki va tungi vaqtlarda ham uzluksiz davom ettirilib, belgilangan reja asosida jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Deputat E.Abdullaev mahalla faollari hamda fuqarolar bilan ham suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tingladi. Aholi tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari ijobiy baholanib, yo‘llar ta’mirlanishi mahalla ahlining ko‘p yillik muammolaridan
biriga yechim bo‘layotgani ta’kidlandi.
Tashrif yakunida deputat qurilish ishlarining sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishini bildirib, mas’ullarga ish sifati
va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Mazkur ishlar aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, mahallalar infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.